“Ilmda mening orzularim” — talaba-qizlar ijodida aks etgan kelajak!
05.02.2026 Поделиться2026 yil 5 fevral kuni Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan e’lon qilingan “Ilmda mening orzularim” mavzusida suratlar tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda talaba-qizlar o‘zlarining intellektual salohiyati, ilm-fanga bo‘lgan qiziqishi va kelajak orzularini badiiy tasvirlar orqali ifodaladilar. Asarlarda ilm-fanning turli yo‘nalishlari, zamonaviy texnologiyalar va ezgu maqsadlar yorqin aks etdi.
Ayniqsa, “Tasviriy san’at va qalam” yo‘nalishi talabalari tomonidan taqdim etilgan ijodiy ishlar hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholandi.
🏆 Tanlov g‘oliblari:
1-o‘rin — Xo‘jageldiyeva Laylo
2-o‘rin — Barlixboyeva Oysanam
3-o‘rin — Nazarboyeva Shakarbonu
G‘olib va ishtirokchi barcha talaba-qizlarni samimiy tabriklaymiz!
🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube







