Ilmdan amaliyotga — talabalarga zamonaviy laboratoriya mashg‘ulotlari!
07.08.2025 ПоделитьсяQoraqalpog‘iston tibbiyot institutida “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida yoshlarda ilm-fanga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlash maqsadida bir qator amaliy tadbirlar tashkil etilmoqda.
🧪 Xususan, Tibbiy kimyo kafedrasi tomonidan Farmatsiya yo‘nalishi talabalari ishtirokida “Titrlashning cho‘ktirish usullari. Argentometriya. Standart NaCl va titrant AgNO₃, NH₄NCS eritmalarini tayyorlash, standartlash. Nazorat eritmasidagi KBr massasini Fol’gard usulida aniqlash” mavzusida ochiq laboratoriya mashg‘uloti o‘tkazildi.
👨🔬 Mashg‘ulot davomida talabalar kimyoviy analiz texnikalarini amaliy tarzda sinab ko‘rishdi, zamonaviy laboratoriya jihozlaridan foydalangan holda kerakli reaktivlar va eritmalarni tayyorlash, standartlash usullarini o‘zlashtirishdi.
📚 Bunday amaliy darslar tibbiyot sohasida malakali va tajribali kadrlar tayyorlashda beqiyos ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, nazariy bilimlarni real tajriba asosida mustahkamlash talabalarning ilmiy tafakkuri va mustaqil ishlash ko‘nikmasini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.
📌 QTIda ilm va amaliyot uyg‘unligi — kelajak tibbiyotining poydevori!
▪️ 🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube





