Yangiliklar

Iqlim o‘zgarishiga qarshi innovatsion yechimlar ishlab chiqishga qaratilgan nufuzli “Climathon 2026”…

25.04.2026

👁 8 marta ko‘rilgan

Iqlim o‘zgarishiga qarshi innovatsion yechimlar ishlab chiqishga qaratilgan nufuzli “Climathon 2026” tanlovida Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutining 5-bosqich talabasi Kızılbayeva Altınay Saparbay qizi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

📍»Climathon» tanlovining asosiy maqsadi — iqlim o‘zgarishi muammolariga innovatsion yondashuvlarni rag‘batlantirish, yoshlarning ekologik muammolarga befarq bo‘lmagan holda yechim topish qobiliyatini rivojlantirish hamda barqaror rivojlanish g‘oyalarini keng targ‘ib etishdan iborat.

📍Bugungi kunda Respublikamizda iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy va innovatsion g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Bunday tanlovlar esa yoshlarning salohiyatini yuzaga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

📍Kızılbayeva Altınay Saparbay qizini ushbu yuksak natija bilan samimiy tabriklaymiz va kelgusidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com