Yangiliklar

IRSIY KASALLIKLARNING OLDINI OLISH — SOG‘LOM KELAJAK POYDEVORI

16.10.2026

👁 9 marta ko‘rilgan

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida xotin-qizlarning tibbiy savodxonligini oshirish, salomatlikni asrash va irsiy kasalliklarning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Tadbirni institutning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Z. Erimbetova kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Tadbirda “Preventiv tibbiyot asoslari, xalq tabobati va nevrologiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi Ajimuratova Venera o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

Ma’ruza davomida irsiy kasalliklarning kelib chiqish omillari, ularning oldini olishda tibbiy-genetik maslahatlarning ahamiyati, oilani rejalashtirishda mas’uliyatli yondashuv hamda sog‘lom turmush tarziga rioya qilish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, kasalliklarni erta aniqlash, malakali mutaxassislarga o‘z vaqtida murojaat qilish va tibbiy tavsiyalarga amal qilishning ahamiyati ta’kidlandi.

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com