Yangiliklar

“IT QUEENS” TANLOVI G‘OLIBLARI E’TIROF ETILDI

06.10.2026

Bugun Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida “IT Queens – Kelajakni yaratuvchi qizlar” tanlovining hududiy bosqichida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan talaba-qizlar institut rektori Olimboy Xalimov tomonidan qutlandi.

Uchrashuv davomida talaba-qizlarning sun’iy intellekt, mexatronika va robototexnika, aqlli qurilmalar va IoT yechimlari yo‘nalishlaridagi muvaffaqiyatlari e’tirof etildi.

Institut rektori talaba-qizlarni erishgan natijalari bilan tabriklab, ularning zamonaviy texnologiyalar sohasidagi tashabbus va izlanishlarini qo‘llab-quvvatladi hamda kelgusidagi tanlov va musobaqalarda ham munosib natijalar qayd etishlariga omad tiladi.

Qayd etish joiz, QTI talabalari tanlovning hududiy bosqichida 3 ta yo‘nalish bo‘yicha 1 ta birinchi va 2 ta ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan.

Mazkur natijalar institut talaba-qizlarining ilmiy-texnik salohiyati va innovatsion g‘oyalarga bo‘lgan qiziqishi yuqori ekanini ko‘rsatmoqda.

© 2026 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com