«Jaholatga qarshi ma’rifat» – ma’rifat bilan yuksalish sari qadam
08.05.2025 Поделиться2025-yil 8-may kuni Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida talaba-qizlar ishtirokida «Jaholatga qarshi ma’rifat» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy suhbat bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi X.Ibrayimova va fakultetning faol talaba-qizlari qatnashdi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilarga jaholat va salbiy oqimlarga qarshi faqat ilm, ma’rifat va ongli yondashuv bilangina kurashish mumkinligi ta’kidlandi. Yoshlarning bilimli, tafakkurli va iymonli bo‘lib ulg‘ayishi – jamiyat barqarorligining asosiy kafolati ekani alohida urg‘ulandi.
Tadbirning asosiy maqsadi – yoshlarni ilm olishga undash, zararli g‘oyalar va illatlardan asrash, hamda bilim va ma’rifat orqali nurli kelajak sari yo‘naltirishdir.
📜 Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-iyuldagi PQ–5150-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosiga hamohang tarzda tashkil etildi. Mazkur qarorda yoshlar orasida mafkuraviy immunitetni shakllantirish, ularni turli buzg‘unchi g‘oyalardan himoya qilish hamda ularning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab berilgan.


