BO‘LIM HAQIDA

BO‘LIM BOSHLIG‘I
Jiemuratova Shaydaxan Berdimuratovna
Telefon raqamlari:
- +998 90 709 69 96
- +998 61 222 84 18
Elektron pochta: shaydaxanjiemuratova@mail.com

BOSH MUTAXASSIS
Baymuratova Zulfiya Aytmuratovna
Telefon: +998 91 385 20 48
Elektron pochta: zulfiyabaymuratova090@gmail.com
Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi (keyingi o‘rinlarda — bo‘lim) institut faoliyatida qonunchilik hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim sohasiga oid qarorlari, tegishli vazirliklarning normativ-huquqiy hujjatlari hamda uslubiy ko‘rsatmalari ijrosini nazorat qilish, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va ularning o‘z vaqtida hal etilishini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.
Bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonasi orqali, shuningdek, shaxsiy va sayyor qabullar davomida kelib tushgan murojaatlarning belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi, ular yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi hamda natijalarining tahlil qilinishini nazorat qiladi.
Shuningdek, bo‘lim institut faoliyatiga oid ichki buyruqlar, qarorlar, topshiriqlar va farmoyishlarning o‘z vaqtida hamda sifatli bajarilishini monitoring qilish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqish va ijro intizomini mustahkamlashga ko‘maklashadi.
Bo‘lim o‘z faoliyatini tashkil etishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, 2020-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-637-sonli «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunga, 2017-yil 11-sentabrdagi O‘RQ-445-sonli «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonunga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi «Xalq bilan muloqot tizimini samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-51-sonli Farmoniga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasidagi vakolatli vazirlikning hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli hay’at qarorlari va buyruqlariga, institut Ustaviga, ichki tartib-qoidalariga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
Bo‘lim fakultetlar, kafedralar va institutning boshqa tarkibiy bo‘linmalarida o‘quv, o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-tadqiqot ishlari, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash faoliyati, kollegial organlar hamda Ilmiy kengash qarorlari, vazirlik va institut tomonidan chiqarilgan buyruqlar, shuningdek, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalariga oid normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini nazorat qiladi.
Bo‘lim o‘z faoliyatini institut rektori rahbarligida amalga oshiradi va bevosita institut rektoriga bo‘ysunadi. Bo‘lim faoliyati institutning boshqa tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlikda tashkil etiladi.
2021-yil 12-apreldagi OE48062325-sonli xatga muvofiq, Bo‘limning nomi «Ichki nazorat va monitoring» bo‘limidan «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring» bo‘limiga o‘zgartirilgan.
BO‘LIMNING ASOSIY VAZIFALARI
Bo‘lim zimmasiga quyidagi asosiy vazifalar yuklatilgan:
- Institutda O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim sohasiga oid qonunlari, tegishli vazirliklarning hay’at qarorlari, buyruqlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari, shuningdek, institutning ichki buyruqlari va qarorlari ijrosini nazorat qilish hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini monitoring qilish.
- Elektron ish yuritish va hujjatlar aylanishi tizimi asosida hujjatlar hamda topshiriqlarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishini nazorat qilish.
- Institut professor-o‘qituvchilari hamda o‘quv-yordamchi xodimlari faoliyatini ichki inspeksiya doirasida o‘rganish, tegishli tekshiruvlarni tashkil etish va o‘tkazish.
- Kadrlar tayyorlash sifati va ta’lim oluvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablarni belgilovchi davlat ta’lim standartlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishini nazorat qilish va monitoringini olib borish.
- Ta’lim standartlarini institut faoliyatiga joriy etish masalalari bo‘yicha fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo‘linmalarga amaliy hamda uslubiy yordam ko‘rsatish.
- Institut boshqaruv organlari uchun ta’lim jarayonini takomillashtirish va rivojlantirishga qaratilgan tahliliy materiallar, xulosalar hamda takliflar tayyorlash.
- Institutda o‘quv jarayonini tahlil qilish natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tarkibiy bo‘linmalarga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish.
- Professor-o‘qituvchilar faoliyatini baholashning reyting tizimlarini joriy etish va takomillashtirish jarayonida ishtirok etish.
- Aniqlangan kamchiliklar va mavjud muammolarni bartaraf etish, ularning kelib chiqish sabablarini o‘rganish hamda hal etish bo‘yicha institut ma’muriyatiga asoslantirilgan takliflar kiritish.
- Institutda davlat ta’lim standartlari va ta’lim sohasiga oid boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishini tekshirish.
- Institutda o‘tkaziladigan barcha kengashlar va tegishli yig‘ilishlar faoliyatida ishtirok etish.
- Institut faoliyatiga oid vazifalar bo‘yicha fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo‘linmalarda xizmat majburiyatlarining bajarilishini nazorat qilish, zarur hollarda tegishli mutaxassislarni jalb etish.
- Nazorat va monitoring doirasida nazariy hamda amaliy mashg‘ulotlarni o‘rganish, davlat attestatsiyasi jarayonlarini kuzatish va magistrlik dissertatsiyalarining bajarilishi hamda tayyorlanishi yuzasidan monitoring olib borish.
- Bo‘lim vakolatiga kiruvchi masalalarni joyiga chiqib o‘rganish maqsadida belgilangan tartibda institutning malakali professor-o‘qituvchilari va xodimlarini jalb etish, ishchi guruhlar tuzish hamda tegishli o‘rganish ishlarini tashkil etish.