Joriy yilning 24-26-fevral kunlari Respublika oliy ta’lim muassasalari prorektorlarining…
27.02.2025 ПоделитьсяJoriy yilning 24-26-fevral kunlari Respublika oliy ta’lim muassasalari prorektorlarining siyosiy-ma’naviy ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida «Ma’naviyat hayotimizdagi yangi kuch, yangi harakatga aylanishi kerak» mavzusida malaka oshirish kurslari bo‘lib o‘tdi.
Ushbu kurslarda respublikamizning yetakchi oliy o‘quv yurtlarining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektorlari qatorida Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Z.Aleuov ham qatnashib maxsus sertifikatga ega bo‘ldi.
Tashkil etilgan ushbu kurslar ularning professionallik darajasini yanada oshirish, zamonaviy siyosiy va ijtimoiy jarayonlarga mos ravishda ma’naviy-ma’rifiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
▪️ 🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube



