KASB BAYRAMI KENG NIŞONLANDI
09.11.2026 ПоделитьсяQoraqalpoğiston tibbiyot institutida 8-noyabr — Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri taşkil etildi.
Tadbirni institut rektori O. Xalimov oçib berib, tibbiyot sohasi vakillarining xalq salomatligini asraş yölidagi fidokorona mehnati, şuningdek, tibbiyot ta’limi va ilm-fanini rivojlantirişga qöşayotgan hissasini alohida e’tirof etdi.
Bayram tadbiri davomida institutda samarali faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh xodimlar, jumladan, G. Kalenderova Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligining “Özbekiston Respublikasi soğliqni saqlaş a’loçisi”, B. Bayniyazova esa “Xalq salomatligi posboni” kökrak nişonlari bilan taqdirlandilar.
Şuningdek, institutda köp yillardan buyon samarali mehnat qilib kelayotgan, ta’lim va ilm-fan rivojiga munosib hissa qöşgan professor-öqituvçilarga ham alohida hurmat-ehtirom körsatilib, ularga esdalik sovğalari topşirildi.
Bayram dasturi xalqimiz sevgan kuy-qöşiqlar, milliy estrada san’atkorlarining jonli ijrolari bilan davom etdi.
Tadbir tibbiyot sohasi fidoyilarining maşaqqatli mehnatiga hurmat va ehtirom körsatiş, ularning kasbiy faoliyatini munosib qadrlaş hamda jamoada bayramona kayfiyatni mustahkamlaşga xizmat qildi.









