KELAJAKKA QADAM

“KARYERA KUNI” MEHNAT YARMARKASI

➤ Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutini tamomlayotgan bitiruvchi talabalar uchun Qoraqalpog‘iston san’at saroyida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

➤ Tadbirni institut rektori O. Xalimov ochib berib, bitiruvchi yoshlarning kelgusida o‘z mutaxassisligi bo‘yicha munosib ish o‘rinlariga ega bo‘lishiga ishonch bildirdi. Shuningdek, tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda “O‘zmilliybank” mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

➤ Tadbir davomida bitiruvchilarga Qoraqalpog‘istondagi shahar va tuman tibbiyot birlashmalaridagi bo‘sh ish o‘rinlari, mehnat shartnomalarini rasmiylashtirish tartibi hamda yosh mutaxassislar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi.

➤ Yakunda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat qilib, bandlik, ishga joylashish hamda kasbiy faoliyatni boshlash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan batafsil javob oldilar.

© 2026 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com