“Komplayens nazorat”
06.10.2026 Поделиться
Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutining kafedralarida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, professor-o‘qituvchilarda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabat va immunitetni shakllantirish, shuningdek, davlat xizmatidagi mas’uliyat va xizmat intizomini mustahkamlashga qaratilgan targ‘ibot-tushuntirish seminarlari tashkil etildi.
Seminarlarda korrupsiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan omillar, xizmat vazifalarini bajarishda manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, xizmat vakolatlaridan qonuniy va vijdonan foydalanish hamda korrupsiyaviy xatti-harakatlarning salbiy oqibatlari haqida atroflicha tushuntirishlar berildi. Seminarlarda Institut Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Q. Jamalov boshchilik qildi.
Shuningdek, professor-o‘qituvchilarning kundalik faoliyatida halollik, xolislik, shaffoflik va qonuniylik tamoyillariga qat’iy rioya qilish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


