Yangiliklar

“Ko‘rishish — tinchlik va ma’naviy yangilanishning boshlanishi”

13.03.2026

👁 3 marta ko‘rilgan

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida qardosh qozoq xalqining qadimiy milliy an’analaridan biri — Amal bayrami va Ko‘rishish kuni munosabati bilan “Ko‘rishish — tinchlik va ma’naviy yangilanishning boshlanishi” mavzusida adabiy-kompozitsion bayram kechasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar Amal bayrami bahorning elchisi, yangilanish va uyg‘onish ramzi ekanini ta’kidlab, uning millatlararo do‘stlik va totuvlikni mustahkamlashdagi ahamiyatiga alohida to‘xtaldi.

Bayram dasturida iste’dodli yoshlar ijrosida qo‘shiqlar, milliy raqslar, baxshilar aytishuvi hamda sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Kecha milliy qadriyatlar va do‘stlik ruhini ulug‘lagan holda ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.

🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com