«MAQOM SAN’ATIMIZ GULTOJI»

01.05.2026

👁 2 marta ko‘rilgan

➤ Bugun O‘zbek milliy maqom san’ati markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi tomonidan tayyorlangan “Maqom san’atimiz gultoji” nomli konsert dasturi o‘tkazildi. Musiqiy dasturda institut jamoasi, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

➤ Tadbir avvalida mehmonlarni Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti rektori O.Xalimov samimiy kutib olib, tashrif buyurgan san’atkorlar hamda tashkilotchilarga chuqur minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, u o‘z so‘zida yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitishda san’at va madaniyatning o‘rni beqiyos ekanini alohida ta’kidladi.

➤ Konsert dasturi davomida elimiz ardoqlagan san’atkorlar ijrosida mumtoz kuy-qo‘shiqlar, maqom yo‘nalishidagi betakror asarlar hamda xalqimizning boy musiqiy merosidan o‘rin olgan namunalar yangradi. Ijodiy chiqishlar tomoshabinlarda katta taassurot qoldirib, milliy san’atimizga bo‘lgan qiziqish va hurmatni yanada oshirdi.

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com