Rahbariyatning rasmiy bayonotlari va chiqishlari,Yangiliklar

Mini Futbol bo‘yicha “Rektor kubogi” sport musobaqasining g‘oliblari aniqlandi

08.04.2025

👁 8 marta ko‘rilgan

Xabaringiz bor, Qoraqalpogiston tibbiyot instituti tomonidan talaba-yoshlar orasida sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida mini futbol bo‘yicha “Rektor kubogi” sport musobaqasiga start berilgan edi.

Barcha talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Taqdirlash marosimida institutning Yoshlar masalalar va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha 1 prorektor Z.Aleuov so‘zga chiqib, g‘olib va sovrindorlarni tabrikladi.

Shunday qilib, mini futbol bo‘yicha “Rektor kubogi” sport musobaqasida:

🏆 1-o‘rin va “Rektor kubogi” – Davolash ishi 5-kurs;

2-o‘rin – Stomatologiya 3-kurs;

3-o‘rin – Davolash ishi 2-kurs jamoalariga nasib etdi.

🎁G‘olib va sovrindorlar institut tomonidan rag‘batlantirildi.

▪️ 🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com