“Mobil klinika” – aholi salomatligi yo‘lida!
11.07.2025 Поделиться📍 Yaqinda, Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti klinikasi mutaxassislari tomonidan Nukus tumanining “Oq terak” mahallasida “Mobil klinika” loyihasi doirasida sayyor qabul tashkil etildi.
Loyiha asosida Pediatriya, Gematolog, UZI mutaxassisi, Rengen shifokori va Laboratoriya tekshiruvlari asosida tashkil etilgan brigada tomonidan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar va homilador ayollarda uchraydigan tug‘ma nuqsonli kasalliklarni erta aniqlash maqsadida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida 200 nafarga yaqin fuqarolarning tibbiy murojaatlari tinglandi. Ulardan 95 foizi aholi salomatligi bilan bog‘liq masalalarni qamrab oldi.
🗣»Mobil klinika»ning asosiy maqsadi – yurak, og‘ir qon kasalliklari va ortopedik muammolarga duchor bo‘lgan bolalarni aniqlash, zaruratga ko‘ra bepul operatsiya va davolanish uchun yo‘llanmalar berishdir.
Shuningdek, iyul-avgust oylari davomida Toshkent shahridan kardioxirurgik mutaxassislarni jalb qilish va ular orqali bepul operatsiyalarni amalga oshirish masalasi muhokama qilindi.
🫀 Sog‘lom avlod uchun har bir qadam – muhim!
📢 “Mobil klinika” tashabbusi orqali yurtimiz aholisiga sifatli, tezkor va bepul tibbiy xizmatlarni taqdim etishda davom etamiz!
▪️ ✅Telegram 🌐 Instagram 📹 Facebook✅YouTube



