Yangiliklar

MUNOSIB E’TIROF — YUKSAK EHTIROM

30.09.2026

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov tomonidan Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti rektori Olimboy Xalimov oliy ta’lim tizimini rivojlantirish, ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish yo‘lidagi samarali mehnati hamda tizim rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi uchun “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Mazkur yuksak e’tirof tibbiyot instituti jamoasi uchun ham quvonchli voqea bo‘ldi.

Hurmatli Xalimov Olimbay Ashirbaevich!
Sizni ushbu nufuzli mukofot bilan Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti mehnatjamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz!

Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, kuch-g‘ayrat va kelgusi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Ta’lim va tibbiyot sohasi rivoji yo‘lidagi ezgu tashabbuslaringiz bardavom bo‘lsin!

© 2026 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com