Yangiliklar

Nukusda “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovi g‘olibi aniqlandi!

25.03.2026

👁 2 marta ko‘rilgan

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Nukus shahar hokimligi hamkorligida tashkil etilgan nufuzli tanlovning Nukus shahar bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi.

💡 Tanlovda ilm-fan, texnologiya va innovatsiya yo‘nalishlarida o‘z g‘oya va loyihalariga ega bo‘lgan iqtidorli yoshlar faol ishtirok etdi. Ular o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etib, kelajak uchun muhim tashabbuslarini taqdim etdilar.

🥇 Yakuniy natijalarga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti talabasi Kizilbayeva Altınay Saparbay qizi Nukus shahar bosqichi g‘olibi deb topildi.

👏 G‘olibni samimiy tabriklaymiz va kelgusi bosqichlarda ulkan zafarlar tilaymiz!

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com