Oldin xabar qilganimizdek, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro tibbiyot institutida bo‘lib o‘tgan “Abu Ali ibn…
31.03.2026 ПоделитьсяOldin xabar qilganimizdek, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro tibbiyot institutida bo‘lib o‘tgan “Abu Ali ibn Sino ta’limotidan uchinchi Renessansgacha” nomli VI xalqaro konferensiya hamda ilmiy ma’ruzalar tanlovida Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutining iqtidorli talabalari munosib ishtirok etib, yuqori natijalarga erishdilar.
Tanlov yakunlariga ko‘ra quyidagi talabalar g‘olib bo‘lishdi:
Xamidullaeva Gulzada Muratbaevna – Yuqumli kasalliklar yo‘nalishi bo‘yicha 1-kurs magistranti 2-o‘rin g‘olibi
Bayqo‘ziyeva Mahliyoxon Sherzodovna – Pediatriya yo‘nalishi bo‘yicha 4-kurs talabasi 2-o‘rin g‘olibi
Bazarbaeva Ig’bal Bazarbay qizi – Pediatriya yo‘nalishi bo‘yicha 3-kurs talabasi 3-o‘rin g‘olibi
Shuningdek, Tanlovda respublika va xalqaro miqyosdagi 40 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari ishtirok etib, natijalarga ko‘ra Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti umumjamoa hisobida faxrli 3-o‘rin g‘olibi deb topildi.
G‘oliblarni samimiy muborakbod etamiz va kelgusidagi ilmiy faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!
🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube



