Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining faoliyati tartibga solindi

11.09.2026

2026-yil 14-avgustdagi O‘RQ–1166-son Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining faoliyatiga oid huquqiy asoslar belgilandi.

Qonunga ko‘ra, Prezident Administratsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat boshlig‘i sifatidagi vakolatlarini amalga oshirishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi hisoblanadi.

Prezident Administratsiyasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari qatoriga:
🔹 qonunchilik hujjatlari va Prezident hamda Vazirlar Mahkamasi hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish;
🔹 Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, Administratsiya Rahbari hujjatlari loyihalarini tayyorlash;
🔹 davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma va topshiriqlar berish hamda ularning ijrosi yuzasidan axborot olish

kabi vazifalar kiradi.

Shuningdek, qonunda Prezident Administratsiyasining mansabdor shaxslari va uning tarkibiy bo‘linmalari faoliyatiga oid qoidalar ham belgilangan.

📌 Mazkur qonunchilikdagi yangiliklar davlat boshqaruvi tizimida Prezident Administratsiyasining huquqiy maqomi, vakolatlari va faoliyatini aniq tartibga solishga xizmat qiladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 14-avgustdagi O‘RQ–1166-son Qonuni.

© 2026 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com