Yangiliklar

QIZLAR TARBIYASI — JAMIYAT KELAJAGI POYDEVORI

14.10.2026

👁 10 marta ko‘rilgan

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutining 2-tibbiyot fakulteti talaba-qizlari ishtirokida “Qiz — elning ko‘rki” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Suhbat davomida qizlar tarbiyasi, milliy qadriyatlar va odob-axloq me’yorlariga rioya qilish, oilada va jamiyatda ayolning o‘rni, shuningdek, yoshlarning ma’naviy-axloqiy kamoloti masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbirda talaba-qizlarning o‘zini tutishi, muomala madaniyati, kiyinish odobi hamda zamonaviy bilim va kasbiy ko‘nikmalarni egallash bilan bir qatorda, yuksak ma’naviy fazilatlarni shakllantirish muhimligi ta’kidlandi.

Davra suhbati yoshlar, xususan, talaba-qizlar o‘rtasida milliy qadriyatlarga hurmat, mas’uliyat va odob-axloq tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qildi.

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com