Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti nomidan qutlov
18.05.2026 ПоделитьсяTaniqli shifokor-olima, jamoat arbobi, Qoraqalpog‘iston tibbiyot sohasining fidoyi namoyandalaridan biri — Oral Aminovna Ataniyazovani 70 yoshli ulug‘ ayyom bilan samimiy muborakbod etamiz!
Siz o‘z hayotingizni inson salomatligini muhofaza qilish, tibbiyot sohasini rivojlantirish hamda Orolbo‘yi ekologik muammolarini xalqaro miqyosda ko‘tarishdek ezgu va sharafli ishlarga bag‘ishlab kelmoqdasiz.
Sizning uzoq yillik samarali mehnatingiz, ilmiy izlanishlaringiz va amaliy faoliyatingiz nafaqat Qoraqalpog‘iston, balki butun mamlakatimiz tibbiyot sohasida katta e’tirofga sazovor bo‘lgan.
Hurmatli Oral Aminovna!
Sizga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat va yangi ilmiy yutuqlar tilaymiz. Siz kabi fidoyi insonlar faoliyati doimo xalqimiz uchun ibrat va namuna bo‘lib qolaveradi.
70 yoshingiz muborak bo‘lsin!
