Fotogarereya,Yangiliklar

Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti rektori Xalimov Olimboy Ashirbayevich «O‘zbekiston Respublikasi…

13.04.2026

👁 4 marta ko‘rilgan

Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti rektori Xalimov Olimboy Ashirbayevich «O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Nukus shahrida «Tez tibbiy yordamni tashkil etishning dolzarb muammolari – 2026» mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

Mazkur forum doirasida o‘tkir miokard infarkti, trombolizis terapiyasi, yurak to‘xtash holatlarida reanimatsiya choralari hamda EKG telemetriya orqali erta diagnostika masalalari keng muhokama qilindi. Ishtirokchilar klinik xatolarni kamaytirish va bemorlarning yashab qolish ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqdilar.

Ta’lim forumi

Ushbu yo‘nalishda tez tibbiy yordam tizimi uchun malakali kadrlar tayyorlash, simulyatsion o‘quv markazlarining ahamiyati, amaliy ko‘nikmalarni oshirish va uzluksiz tibbiy ta’limni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com