Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti «Study in Uzbekistan» xalqaro ta’lim ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda
21.05.2026 Поделиться

Xitoy Xalq Respublikasining qadimiy va zamonaviy uyg‘unlashgan Sian shahrida uchinchi «Xitoy-O‘zbekiston hududlararo hamkorlik» xalqaro forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu nufuzli forum doirasida tashkil etilayotgan «Study in Uzbekistan» milliy ta’lim ko‘rgazmasida ishtirok etish uchun O‘zbekistonning 44 ta yetakchi oliy ta’lim muassasasidan iborat delegatsiya Sian shahriga yetib keldi.
Ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari qatori Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti tomonidan ham ta’lim dasturlari, xalqaro almashinuv loyihalari, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari hamda xorijiy talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar keng namoyish etilmoqda.
Mazkur xalqaro maydon O‘zbekiston oliy ta’lim tizimi salohiyatini keng targ‘ib qilish, xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni mustahkamlash hamda talabalar almashinuvini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.





