Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti talabalari “Founders Camp” tadbirida faol ishtirok etishdi.
06.06.2026 Поделиться➤ Founders Campning asosiy maqsadi- yoshlarning tadbirkorlik va startap ekotizimiga qiziqishini oshirish, innovatsion fikrlashni rivojlantirish, g‘oyalarni real loyihaga aylantirish hamda ularni bozorda amalga oshirish uchun zarur bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iboratdir.
➤ Mazkur tadbirda O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sadullaev hamda bir qator tajribali startap soha mutaxassislari va mentorlar ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq muloqot olib bordilar.
➤ Ular startap ekotizimini rivojlantirish, investitsiya jalb qilish, g‘oyalarni to‘g‘ri shakllantirish va amaliy biznesga aylantirish bo‘yicha o‘z tavsiya va tajribalarini ulashdilar.


