Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti xalqaro maydonda
22.05.2026 Поделиться➤ “Study in Uzbekistan” dasturi doirasida o‘tkazilayotgan xalqaro forumning ikkinchi kunida Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti vakillari tomonidan institutning ta’lim, ilmiy hamda xalqaro salohiyati keng targ‘ib qilinmoqda.
➤ Xususan, institut Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i G.Madiyarova, fakultet dekani N.Gayipbayev hamda bitiruvchi bosqich Pediatriya ishi yo‘nalishi talabasi M.Dalibaeva Xitoy Xalq Respublikasining Sian shahrida tashkil etilgan xalqaro ta’lim ko‘rgazmasida faol ishtirok etmoqda.
➤ Targ‘ibot tadbirlari davomida xorijiy talaba-yoshlar va hamkor tashkilotlarga institutda yaratilgan zamonaviy ta’lim imkoniyatlari, xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari, ilmiy loyihalar hamda xorijiy talabalar uchun yaratilgan qulay sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.




