Yangiliklar

Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti Xotin-qizlar masalalari bo ‘yicha rektor maslahatchisi Z.Erimbetova va…

23.04.2026

👁 3 marta ko‘rilgan

Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti Xotin-qizlar masalalari bo ‘yicha rektor maslahatchisi Z.Erimbetova va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi N.Jienbaeva tashabbusi bilan institutda 21-aprel kuni “Ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olishga qaratilgan qo‘shimcha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-martdagi 33-son Farmoni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

▶️ Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqaviy vakili Turdimuratova Madina Turganbayevna,Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi mutaxassisi Yakupova Shayda Bazarbayevna,institutning profilaktika inspektori T.Qarliboyeva, tyutor Karimova Mehribonim va talaba yoshlar ishtirok etdi.

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com