Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida bitiruv kechasi! ✅

27.06.2025

👁 7 marta ko‘rilgan

Bugun, 27-iyun kuni Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti hayotida muhim va yorqin voqea 2025-yilgi bitiruv kechasi bo‘lib o‘tdi!

Ushbu tantanali tadbirda institutning Davolash, Pediatriya, Tibbiy-profilaktika va Oliy hamshiralik ishi yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olgan talabalar hamda ota-onalari va yaqinlari ishtirok etdi.

➤ Institut rektori O.A.Xalimov o‘z tabrigida bitiruvchi yosh shifokorlarni Vatan salomatligini himoya qilishdek mas’uliyatli yo‘lda fidoyilik, sadoqat va bilim bilan xizmat qilishga chorlab, ularning bugungi yutuqlari butun jamoa faxri ekanini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, tadbirda ishtirok etayotgan ota-onalar va yaqinlariga institutda amalga oshirilayotgan ishlar, o‘quv jarayoni va kelajakdagi rejalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Joriy yilda institutimizni yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha 200 nafardan ortiq bitiruvchi muvaffaqiyatli tamomlab, shifokorlik kasbiga sadoqat belgisi sifatida tantanali qasamyod qabul qildi.

Ular xalq salomatligi, tibbiyot ilm-fanini rivojlantirish va jamiyat farovonligi yo‘lida sidqidildan xizmat qilishga tayyorligini bildirdi.

️Barcha bitiruvchilarimizni ushbu quvonchli, hayotlaridagi eng unutilmas sana bilan chin yurakdan tabriklaymiz! Kelgusi faoliyatingizda, ilmiy izlanishlaringizda va shaxsiy hayotingizda ulkan yutuq va zafarlar tilaymiz!

▪️ ✅Telegram 🌐 Instagram 📹 Facebook✅YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com