QORAQALPOG‘ISTON TIBBIYOT INSTITUTIDA DAVOLASH ISHI YO‘NALISHI BITIRUVCHI KURS TALABALARI UCHUN…
17.06.2026 ПоделитьсяQORAQALPOG‘ISTON TIBBIYOT INSTITUTIDA DAVOLASH ISHI YO‘NALISHI BITIRUVCHI KURS TALABALARI UCHUN YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYASI BOSHLANDI.
➤ Mazkur attestatsiya bo‘lajak shifokorlarning nazariy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari hamda kasbiy tayyorgarlik darajasini baholashning muhim bosqichi hisoblanadi. Jarayon davomida talabalar o‘quv yillari mobaynida egallagan bilim va malakalarini namoyon etmoqdalar.
Attestatsiya tadbirini institut rektori O. Xalimov ochib berib, bitiruvchilarga mas’uliyatli sinov jarayonida muvaffaqiyat tiladi.
➤ Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasiga Urganch davlat tibbiyot instituti “Ichki kasalliklar, nefrologiya, gemodializ va reabilitologiya” kafedrasi mudiri, t.f.d, professor R. Abdullaev raislik qilmoqda.
➤ Bitiruvchi talabalarga yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarini muvaffaqiyatli topshirishlarini, egallagan bilim va ko‘nikmalarini amaliy faoliyatda munosib namoyon etishlarini tilaymiz.









