Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik bo‘yicha amaliy taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
09.11.2026 Поделиться9-oktabr kuni Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti talabalar turar joyida Favqulodda vaziyatlar vazirligi Nukus shahar bo‘limi xodimlari ishtirokida amaliy taktik o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida is gazidan zaharlanishning oldini olish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish hamda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda to‘g‘ri harakatlanish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, talabalarning favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik qoidalariga amal qilishi, ehtiyot choralarini ko‘rishi va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅ Mashg‘ulot davomida:
• yong‘in sodir bo‘lganda evakuatsiya qilish tartibi;
• talabalarning o‘zaro hamkorlikda xavfsiz harakatlanishi;
• baxtsiz hodisalarning oldini olish bo‘yicha profilaktik choralar amalda sinovdan o‘tkazildi.



