Yangiliklar

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida «Jaholatga qarshi ma’rifat» mavzusida tadbir o‘tkazildi

10.04.2025

👁 4 marta ko‘rilgan

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida diniy tashkilot vakillari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining mutaxassislari bilan birgalikda «Jaholatga qarshi ma’rifat» mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirni institut rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Z.Erimbetova boshqardi.

Tadbirda yoshlarni zamonaviy ta’lim, milliy qadriyatlar va insoniy fazilatlar asosida tarbiyalash, ularda g‘oyaviy immunitetni shakllantirish zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, ekstremizm va ommaviy madaniyatdan yiroq bo‘lish, kitob o‘qish, sport bilan shug‘ullanish va ma’naviy rivojlanishga alohida e’tibor berish kerakligi aytildi.

Tadbir so‘ngida talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldi.

▪️ 🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com