Yangiliklar

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida “Karyera kuni” tadbiri tashkil etildi

16.05.2026

👁 2 marta ko‘rilgan

➤ Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida bitiruvchi kurs talabalari bandligini ta’minlash, ularning kelgusidagi mehnat faoliyatiga yo‘naltirish hamda malakali mutaxassis sifatida ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida “Karyera kuni” tadbiri o‘tkazildi.

➤ Mazkur tadbirni institutning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori M. Kurbanazarov olib bordi.

➤ Tadbir davomida bitiruvchi kurs talabalari uchun bo‘sh ish o‘rinlari, amaliyot imkoniyatlari va kelgusidagi faoliyat yo‘nalishlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

➤ “Karyera kuni” tadbirida Orolbo‘yi tibbiyot va transport texnikumi hamda Nukus, To‘rtko‘l va Qo‘ng‘irot shaharlaridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlari vakillari ishtirok etdi.

➤ Tadbir yakunida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldi.

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com