Yangiliklar

QORAQALPOG‘ISTON TIBBIYOT INSTITUTIDA “MARKAZIY OSIYO – YANGI DAVR OSTONASIDA” MAVZUSIDA SEMINAR O‘TKAZILDI

12.12.2025

👁 2 marta ko‘rilgan

Joriy yilning, 11-dekabr sanasida Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida “Markaziy Osiyo – yangi davr ostonasida” mavzusiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi L.Baybosinova, institutning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori M.Kurbanazarov, professor-o‘qituvchilar hamda mutaxassislar ishtirok etdi.

Seminarda bugungi kunda Markaziy Osiyoda shakllanayotgan yangi siyosiy ruh, qo‘shni davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonch, muloqot va hamkorlikning mustahkamlanishi yuzasidan fikr yuritildi. Ta’kidlanganidek, 2017-yildan buyon davom etib kelayotgan Maslahat uchrashuvlari formati mintaqa davlatlari uchun barqaror diplomatik platformaga aylangan bo‘lib, uning natijasida chegaralar masalasida muhim kelishuvlar, qo‘shma loyihalar va iqtisodiy integratsiya jarayonlari sezilarli darajada faollashgan.

Seminarda quyidagi asosiy yo‘nalishlar, Mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik, Iqtisodiy hamkorlik va transport infratuzilmasi, Suv, energetika va ekologik barqarorlik va Mintaqaviy institutlarni kuchaytirish haqida keng tushuncha berildi.

Tadbir yakunida ta’kidlandiki, “Yangi Markaziy Osiyo” bu devor emas — balki ko‘prik: hamkorlik, ishonch va umumiy taraqqiyot maydoni. Mintaqaviy birdamlik, o‘zaro ishonch va ochiq muloqot kelajakdagi barqarorlik va farovonlikning asosiy kafolatidir.

Seminar qatnashchilari Markaziy Osiyoda kechayotgan chuqur integratsiya jarayonlari nafaqat siyosiy va iqtisodiy, balki ijtimoiy-gumanitar sohalar, xususan, sog‘liqni saqlash tizimi uchun ham keng imkoniyatlar yaratishini qayd etdilar.

Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti

Matbuot kotibi

▪️ 🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com