Yangiliklar

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida «Mustaqillik soati» o‘quv-seminari tashkil etildi.

25.05.2026

👁 3 marta ko‘rilgan

➤ Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida «Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» shiori ostida «Mustaqillik soati» mavzusida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

➤ Seminarni Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Z.Aleuov ochib berdi va olib bordi.

➤ Tadbirda Nukus davlat pedagogika institutining filologiya fanlari doktori, dotsent, «Ma’rifat» targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi S.Matyakupov, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir hamda «Ma’rifat» targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi R.Otarbayev, shuningdek jamiyat faollari, institut professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

➤ Mazkur seminar yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, milliy qadriyatlarga hurmat ruhini yuksaltirish hamda mustaqillik g‘oyalarining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etishga qaratildi.

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com