Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” keng nishonlandi
30.09.2025 Поделиться1-oktyabr – yurtimiz ta’lim tizimida eng ulug‘ va qadrlanadigan sanalardan biri, ustoz va murabbiylar fidokorona mehnatini e’zozlash bayramidir. Shu munosabat bilan
Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida ham ko‘tarinki kayfiyatda bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda institut professor-o‘qituvchilari, rektorat a’zolari, dekanlar va faol talabalar ishtirok etishdi. Bayramni institut rektori Olimbay Xalimov ochib berib, o‘qituvchilarni samimiy tabrikladi, ularning ta’lim va tarbiya yo‘lidagi fidokorona xizmatlarini alohida e’tirof etdi.
🏅 Qutlug‘ sana arafasida institutning Gigiena va atrof-muhit, epidemiologiya kafedrasi o‘qituvchisi Dilbar Ataxanova Respublikamiz miqyosidagi bayram tantanasida “Vatan fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganligi tadbirda faxr bilan ta’kidlandi.
Shu bilan birga, bir qator ustozlar yosh avlod tarbiyasidagi fidokorligi va ta’lim jarayonidagi yutuqlari uchun faxriy yorliqlar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Institut miqyosida o‘tkazilgan sport musobaqalarida g‘olib chiqqan ustozlarda rag‘batlantirildi.
Bayram tadbiri davomida talaba-yoshlarning she’rlari, qo‘shiqlari va ijodiy chiqishlari ustozlarga bo‘lgan mehr va ehtiromni yanada yorqin ifoda etdi. Samimiy tabriklar, iliq so‘zlar va ko‘tarinki kayfiyat tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
Xulosa qilib aytganda, O‘qituvchi va murabbiylar kuni – ustozlarga bo‘lgan cheksiz hurmat va ehtirom ramzi sifatida, yoshlar qalbida ularga mehr-muhabbatni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
✒️ Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti Matbuot xizmati
▪️ ✅Telegram 🌐 Instagram ✅ Facebook📹 YouTube









