Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida «Rahbar va yoshlar» uchrashuvi tashkil etildi
02.04.2026 ПоделитьсяBugun, 2 aprel kuni Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog‘iston kengashi raisi Ulug‘bek Jalmenovning yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
«Yoshlar kasaba uyushmasi e’tiborida» shiori ostida
tashkil etilgan uchrashuvda turli sohalarda samarali mehnat qilayotgan, shuningdek, ta’lim muassasalarida o‘qib, yuqori ko‘rsatkichlarga erishib kelayotgan yoshlar, yoshlar ta’lim-tarbiyasiga mas’ul mutaxassislar, pedagoglar ishtirok etdi.
Uchrashuvda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
Tadbirda mamlakatimizda yoshlar tarbiyasi hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish orqali kasaba uyushmasi faoliyatini takomillashtirishga qo‘shayotgan munosib hissalari uchun Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti yosh pedagog o‘qituvchilari O‘zbekiston kasaba uyushmasi Federatsiyasining Qoraqalpog‘iston kengashi tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlandi.







