Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida yaponiyalik hamkorlar bilan uchrashuv
22.08.2025 Поделиться22-avgust kuni Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti Juntendo universiteti (Yaponiya) professor-o‘qituvchilari va talabalaridan iborat delegatsiyani qabul qildi.
🤝 Institut rahbariyati va mehmonlar o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning yangi istiqbollari muhokama qilindi. Xususan:
• klinik immunologiya va manual terapiya bo‘yicha ilmiy tajriba almashish,
• farmatsiya sohasida qo‘shma loyihalar yo‘lga qo‘yish,
• ilg‘or yapon tibbiy texnologiyalarini joriy etish,
• xodim va talabalar almashinuv dasturlarini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv davomida Orolbo‘yi hududida sog‘liqni saqlash bilan bog‘liq dolzarb muammolar va ularni hal etish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida ma’lumot berildi. Mehmonlar institutning ta’lim jarayoni, zamonaviy sharoitlari va yosh kadrlarni tayyorlashdagi yutuqlari bilan ham yaqindan tanishdilar.
✨ Ushbu uchrashuv Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutining xalqaro miqyosda ochiqligi, innovatsion tibbiy bilimlarni joriy etish va yosh mutaxassislarni tayyorlashdagi sa’y-harakatlariga yanada kuch bag‘ishlaydi.
Hamkorlik natijalari va kelgusi loyihalar haqida batafsil ma’lumotlar keyingi postlarda e’lon qilinadi.
✅Telegram 🌐 Instagram 📹 Facebook✅YouTube






