Yangiliklar

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida yirik ilmiy tadbir!

18.04.2025

Bugun Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida muhim voqealar bo‘lib o‘tmoqda 1) “Yuqumli kasalliklarni davolash va oldini olishning zamonaviy masalalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi 2) “Tibbiy ekologiya” yo‘nalishida 1-xalqaro talabalar olimpiadasi start oldi!

Konferensiyani institut rektori v.v.b. Olimboy Xalimov ochib berar ekan, tadbir “Atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil iqtisodiyot yili” doirasida tashkil etilayotganini ta’kidladi. U xorijiy mehmonlar, professor-o‘qituvchilar hamda olimpiadada ishtirok etayotgan talabalarni samimiy tabrikladi.

So‘ngra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri Murat Qurbanov so‘zga chiqib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va sog‘liqni saqlash tizimiga berilayotgan e’tibor haqida so‘z yuritdi.

Tadbirda Janubiy Koreya, Avstriya va Qozog‘istondan tashrif buyurgan yetuk professorlar ham ishtirok etib, o‘z ilmiy qarash va tajribalari bilan o‘rtoqlashmoqda:
▪️ Prof. Jaewook Choi – Koreya universiteti (Janubiy Koreya)
▪️ Prof. Hans Moshammer – Vena tibbiyot universiteti (Avstriya)
▪️ Ravshan Kuandikov – X.A. Yassaviy nomidagi xalqaro universitet kafedra mudiri (Qozog‘iston)

Konferensiya ishini yuqumli kasalliklar epidemiologiyasi, ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklar profilaktikasi va davosi bo‘yicha seksiyalarda davom ettiradi.

© 2026 kkmi
PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com