QTI PROFESSOR-O‘QITUVCHISI XALQARO SIMPOZIUMDA ISHTIROK ETDI
02.10.2026 Поделиться
Bugun, 2-oktyabr kuni Qirg‘iziston-Turkiya Manas universitetida XIV Xalqaro turkiy xalqlarning an’anaviy sport o‘yinlari simpoziumi onlayn formatda o‘tkazildi.
Xalqaro simpoziumning 1-seksiyasida Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti “O‘zbek tili, tillar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) T. Pirniyazova ishtirok etdi.
Ustoz simpoziumning 1-seksiyasida “Turkiy xalqlarning umumiy madaniy merosi sifatida qoraqalpoq xalqining an’anaviy sport o‘yinlarining shakllanishi” mavzusida ma’ruza bilan qatnashdi hamda mazkur seksiyaning sessiya raisi sifatida ishini boshqarib bordi.
Mazkur ishtirok institut professor-o‘qituvchilarining xalqaro ilmiy-madaniy tadbirlardagi faolligini namoyon etib, turkiy xalqlarning umumiy madaniy merosi va an’anaviy sport o‘yinlarini ilmiy jihatdan o‘rganish borasidagi tajriba almashinuviga xizmat qildi.


