Yangiliklar

QTI Shifokorlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazida navbatdagi o‘quv kursi yakunlandi!

12.04.2025

👁 3 marta ko‘rilgan

📅 2025-yilning 7–12 aprel kunlari davomida birlamchi bo‘g‘in oilaviy shifokorlari uchun tashkil etilgan o‘quv kursi muvaffaqiyatli yakunlandi.

Tinglovchilar «Asosiy yuqumli bo‘lmagan kasalliklar» va «Nafas olish a’zolari kasalliklari» mavzularini qamrab olgan 36 soatlik chuqurlashtirilgan kursni to‘liq o‘zlashtirdilar.

Kurs yakunida barcha ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar tantanali tarzda topshirildi.

✅ Bu kabi o‘quv kurslari birlamchi bo‘g‘in tibbiyot xodimlarining kasbiy salohiyatini oshirish, amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash va zamonaviy tibbiyot yondashuvlariga mos ravishda xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.

🔹 QTI jamoasi barcha tinglovchilarga kelgusi ish faoliyatlarida yutuqlar tilaydi!

▪️ 🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com