Yangiliklar

QTI talabalari Qozog‘istonda xalqaro amaliyotda!

12.04.2025

👁 4 marta ko‘rilgan

Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti xalqaro hamkorlik doirasida o‘zining akademik almashinuv dasturlarini faol amalga oshirmoqda. Buning natijasida S.D.Asfendiyarov nomidagi Qozoq milliy tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda 8 nafar talabalarimiz 2-12-aprel kunlari Qozog‘istonda qisqa muddatli amaliyot o‘tamoqda.

Ushbu amaliyot jarayonida talabalarimiz:

🫥 Zamonaviy tibbiyot texnologiyalari va diagnostika uskunalaridan foydalanish bo‘yicha ko‘nikmalarini oshirdi;

🫥 Bemorlarni klinik kuzatish, tashxis qo‘yish va davolash jarayonlarida bevosita ishtirok etdi;

💠Qozog‘istondagi tibbiy ta’lim tizimi va uning o‘quv-amaliy uslublari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Akademik mobillik nafaqat kasbiy tajriba, balki talabalarning dunyoqarashi va xalqaro tajribasini ham boyitadi. Bunday tashriflar tibbiyot sohasida yetuk, raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashda muhim poydevordir.

Institutimiz xalqaro aloqalarni yanada mustahkamlab, talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratishda davom etadi!

▪️ 🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com