QTIda “Antikorrupsiya bilimdoni” tanlovi bo‘lib o‘tdi
06.12.2025 Поделиться“9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida 15-noyabrdan 15-dekabrgacha “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasidagi tadbirlarga start berildi.
Oylik doirasida yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, halollik, ochiqlik va adolat tamoyillarini targ‘ib qilishga qaratilgan qator ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. Xususan, “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi,” “Eng yaxshi rasm,” “Korrupsiyadan holi ta’lim muassasasi,” “Eng yaxshi videorolik” va “Eng yaxshi maqola” tanlovlari bo‘lib o‘tdi.
Kuni kecha, 5 dekabr sanasida “Antikorrupsiya bilimdoni” bilimlar tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda 1-Tibbiyot fakultetining Vincere, Femida, Adolat, 2-Tibbiyot fakultetining Adolat sadosi, Yuksalish, Adolat ittifoqi jamoalari ishtirok etib, sahna madaniyati, huquqiy bilim va aktyorlik mahorati bo‘yicha bellashdi.
Tanlov 3 ta shart asosida baholandi:
🧊 Jamoani tanishtirish;
🧊 savol-javob;
🧊 sahnalashtirilgan kompozitsiya.
🏆 Tanlov yakuniga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — “Femida” guruhi (1-tibbiyot fakulteti)
🥈 2-o‘rin — “Adolat ittifoqi” guruhi (2-tibbiyot fakulteti)
🥉 3-o‘rin — “Adolat” guruhi (1-tibbiyot fakulteti)
🎁 G‘olib jamoalar institut va vazirlik buyruqlari asosida bir martalik rag‘batlantiruvchi Vaucherlar bilan taqdirlanadi.
Ushbu tanlov yoshlar ongida korrupsiyaga qarshi qat’iy pozitsiyani shakllantirish, huquqiy savodxonlikni oshirish va halol jamiyat qurishga xizmat qiladi.
▪️ Telegram 🌐 Instagram ✅ Facebook 📹 YouTube









