QTIda «To‘maris izdoshlari» tanlovi bo‘lib o‘tdi
21.04.2026 Поделиться20 aprel kuni Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida «To‘maris izdoshlari» tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlovni Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Z.Aleuov ochib berdi. Tanlovning asosiy maqsadi, institutda tahsil olayotgan talaba qizlarni Vatanimiz, xalqimiz, milliy an’analarimiz, tarixiy-ma’naviy merosimizga hurmat va sadoqat ruhida tarbiyalash, dunyoqarashi va fikrlash doirasini kengaytirish, ma’naviy barkamol shaxs bo‘lib yetishishlariga ko‘maklashish.
Ishtirokchilar to‘rt shart bo‘yicha o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazib, unda 1-shart salomnoma, 2-shart sport mahorati, 3-shart birinchi tibbiy yordam, 4-shart yugurish va darts sharti bo‘yicha bellashdi. Bu tanlov nafaqat sport va ta’lim musobaqasi, balki talabalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilishdan iborat.





