REKTOR TABRIGI
01.10.2026 Поделиться
Hurmatli professor-o‘qituvchilar, ustoz va murabbiylar, aziz hamkasblar!
Sizlarni 1-oktyabr — Ustoz va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Ustozlik — yuksak mas’uliyat, fidoyilik va mashaqqatni talab etadigan ulug‘ kasbdir. Sizlarning ko‘p yillik mehnatingiz, boy tajribangiz va bilimlaringiz orqali yoshlarimiz zamonaviy bilim va kasbiy ko‘nikmalarni egallab, kelajakda xalqimiz salomatligini asrashdek sharafli yo‘lga tayyorlanmoqda.
Bugungi kunda Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutining ta’lim va ilmiy salohiyatini yuksaltirish, malakali tibbiyot mutaxassislarini tayyorlash borasidagi yutuqlarida har biringizning munosib hissangiz bor.
Fursatdan foydalanib, barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, sharafli faoliyatingizda yangi muvaffaqiyatlar tilayman. Shogirdlaringiz kamolini ko‘rib, ularning yutuqlaridan doimo faxrlanib yuring!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti rektori
Olimboy Xalimov