“Rektor va yoshlar” – ochiq muloqot maydoni

13.11.2025

👁 8 marta ko‘rilgan

Bugun Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida institut rektori Olimbay Xalimov talaba-yoshlar bilan ochiq va samimiy uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida talabalar talabalar turar joyidagi sharoitlar, to‘garaklar faoliyati, fan va til o‘rganish bo‘yicha zamonaviy jihozlar zarurati yuzasidan o‘z taklif va fikrlarini bildirishdi. Xususan, ilmiy-amaliy mashg‘ulotlarni kuchaytirish uchun LED monitorlar o‘rnatish masalasi ilgari surildi.

Uchrashuvdan so‘ng rektor mas’ullar bilan birgalikda talabalar turar joyiga chiqib, isitish tizimi holatini ko‘zdan kechirdi hamda “Besh tashabbus” doirasida talabalarga barcha zarur sharoitlarni yaratish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Shuningdek, talabalarga GPA ko‘rsatkichlarini oshirish, xorijiy akademik mobillik dasturlarida ishtirok etish uchun hozirdanoq puxta tayyorgarlik ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.

Ta’kidlash joizki, bunday ochiq muloqotlar talaba tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi hamda muntazam davom ettiriladi.

▪️ 🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com