Salomatlik marafoni davom etmoqda. Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti klnikasida bo‘lib o‘tgan…
02.10.2025 ПоделитьсяSalomatlik marafoni davom etmoqda. Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti klnikasida bo‘lib o‘tgan ochilish marosimida soha mas’ullari so‘zga chiqib, ushbu aktsiya tibbiyotni xalqqa yanada yaqinlashtirish, hududda kasalliklarning oldini olish hamda sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotiga xizmat qilishini qayd etdi.
🔬 Skrining tekshiruvlari va profilaktik ko‘riklar o‘tkaziladigan tibbiyot muassasalariga mobil mammograflar, flyuorograflar, angiograf, UZI-apparatlari va oftalmologik jamlanmalar keltirib o‘rnatilgan.
📌 Klinik va bioximik laborator tekshiruvlar uchun barcha zarur jihozlar mavjud. Sarflov materiallari zaxirasi yaratilgan.
🩺 Dastlab mahalliy tibbiyot xodimlari tomonidan aholi profilaktik ko‘rik va skrining tekshiruvlaridan o‘tkazilyapti. Surunkali kasalligi bor bemorlar respublikaning yetakchi mutaxassislari ko‘rigi hamda yuqori texnologik tekshiruvlar uchun saralanmoqda.
❗️ Navbatdagi bosqichda Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti klinikasida mobil va statsionar uskunalar yordamida instrumental tekshiruvlar, selektiv skrining hamda surunkali kasalligi bor aholi uchun poytaxtdan kelgan yetakchi mutaxassislar ishtirokida ko‘rsatma asosida qo‘shimcha tekshiruvlar amalga oshirilyapti.
▪️ ✅Telegram 🌐 Instagram ✅ Facebook📹 YouTube








