Yangiliklar

SHAXMAT MUSOBAQASI O‘TKAZILDI

29.04.2026

👁 3 marta ko‘rilgan

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida shaxmat sport turi bo‘yicha Rektor kubogi musobaqasi tashkil etildi. Mazkur musobaqada institutning iqtidorli talaba o‘g‘il-qizlari faol ishtirok etib, o‘zlarining mantiqiy fikrlashi, strategik yondashuvi va intellektual salohiyatini namoyon etdilar. Bellashuvlar belgilangan tartib asosida 5 turdan iborat tarzda o‘tkazildi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, yigitlar o‘rtasida:

🥇 1-o‘rin – Baxitjanov Samandar

🥈 2-o‘rin – Bobojanov Shahriyor

🥉 3-o‘rin – Shamuratov Danyar

Qizlar o‘rtasida:

🥇 1-o‘rin – Koniratbaeva Nazokat

🥈 2-o‘rin – Qalilaeva Dilnoza

🥉 3-o‘rin – Qallibekova Gulzira

Mazkur musobaqaning asosiy maqsadi talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb qilish, intellektual o‘yinlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdan iborat.

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com