STOMATOLOGIYA KAFEDRASI BITIRUVCHI TALABALARI BILAN KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH MAVZUSIDA MASHG‘ULOT
05.10.2026 ПоделитьсяBugun Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutining Stomatologiya kafedrasi bitiruvchi kurs talabalari bilan “Korrupsiyaga qarshi kurash virtual akademiyasi” o‘quv kurslarining ahamiyati, mazmun-mohiyati yuzasidan dars mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Dars jarayonida talabalarga Virtual akademiyaning maqsadi va vazifalari, unda joylashtirilgan o‘quv kurslarining mazmuni hamda korrupsiyaga qarshi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdagi o‘rni haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, bitiruvchi kurs talabalari bilan kelgusidagi kasbiy faoliyatida halollik, xolislik, qonuniylik va mas’uliyat tamoyillariga rioya qilish, korrupsiyaviy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.


