TALABA-YOSHLAR BILAN «KIBERJINOYAT TURLARI» MAVZUSIDA UCHRASHUV O‘TKAZILDI
09.09.2026 Поделиться
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi vakillari ishtirokida Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutining talaba-yoshlari bilan «Kiberjinoyat turlari» mavzusida profilaktik uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirni institutning Yoshlar masalalari bo‘yicha prorektori Z. Aleuov ochib berdi va uchrashuvni boshqarib bordi.
Uchrashuv davomida soha mutaxassislari tomonidan bugungi kunda keng tarqalayotgan kiberjinoyat turlari, internet va ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, firibgarlik holatlaridan ogoh bo‘lish hamda kiberxavflarga duch kelganda qanday choralar ko‘rish lozimligi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.




