Fotogarereya,Yangiliklar

Talabalar bilan “Kelajakka qadam…” uchrashuvi

23.02.2026

👁 8 marta ko‘rilgan

Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida navbatdagi mazmunli uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda sohada muvaffaqiyat qozongan mutaxassislar va tadbirkorlar ishtirok etib, talabalarga real tajriba va amaliy maslahatlar ulashdilar.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-sonli “Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati keng yoritildi. Mazkur hujjat asosida bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash, ularning amaliy ko‘nikmalarini oshirish va professional hayotga muvaffaqiyatli kirib kelishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Mutaxassislar ta’kidlaganidek, bugungi kunda zamonaviy tibbiyot sohasi faqat nazariy bilim emas, balki kuchli amaliy tajriba, tashabbuskorlik va doimiy o‘z ustida ishlashni talab etadi.

Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olib, kelajak faoliyati bo‘yicha aniq maqsad va yo‘nalish belgilab oldilar.

🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube

PHP Code Snippets Powered By : XYZScripts.com