Talabalar Toshkentdagi “G‘alaba bog‘i”da
19.08.2025 ПоделитьсяQoraqalpog‘iston tibbiyot instituti talaba-yoshlari Toshkent shahridagi “G‘alaba bog‘i” majmuasiga tashrif buyurdi.
Ular bu yerda qad rostlagan “Millat fidoyilari” monumenti oldida ajdodlarimizning yurt ozodligi va tinchligi yo‘lida ko‘rsatgan jasorati, tarixiy qahramonliklarini yodga oldilar. Muzeyda namoyish etilgan eksponatlar orqali talabalarda buyuk g‘alabaga qo‘shilgan ulkan hissa, millatimizning mard o‘g‘lonlari va fidoyi ayollarimizning matonati haqidagi bilimlari yanada boyidi.
Ayniqsa, tibbiyot sohasi bo‘yicha tahsil olayotgan yoshlar uchun front ortida shifokorlar ko‘rsatgan xizmatlar, ularning insonparvarlik va fidoyilik bilan yurtga sadoqat ko‘rsatgani katta taassurot qoldirdi.
Bunday tashriflar yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg‘usini yanada mustahkamlaydi, ajdodlarimiz merosini ardoqlashga undaydi.
▪️ ✅Telegram 🌐 Instagram ✅ Facebook📹 YouTube






